AKADEMIK MIRZIYОD MIRSAIDOV VA TIQXMMI GIDROTEXNIKA QURILISHI FAKULTETI DEKANI t.f.d.,professor B.HASANOV TOSHKENT sh., Chilonzor tumanidagi 184 - O‘RTA MAKTABNING IQTIDORLI O‘QUVCHILARI BILAN UCHRASHDILAR
Ushbu uchrashuv M.Mirsaidovning «Yo‘l xaritasi»ga va Toshkent sh., Chilonzor tum., 184-maktab ma’muriyati va TIQXMMI rektori tomonidan imzolangan memorandumga asosan tashkil qilindi.
Bu uchrashuvda Chilonzor tumanidagi 184 - o‘rta umum ta’lim maktabi direktori L.G.Ramazanova, maktabning yosh o‘qituvchilari va 100 ga yaqin iqtidorli o‘quvchilar qatnashishdi. Bu uchrashuvni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani t.f.d., prof. B.B.Hasanov tashkil qilib, uchrashuvda faol qatnashdi.
Uchrashuvni maktab direktori L.G.Ramazanova kirish so‘zi bilan ochib, so‘zni prof. B.Hasanovga berdi.
Prof. B.Hasanov akademik M.Mirsaidovni o‘quvchilar bilan qisqacha tanishtirdi. Prezidentimiz tomonidan “Respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosati” va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib, yoshlarda tug‘ilgan savollarga javob berish uchun so‘zni M.Mirsaidovga berdi.
M.Mirsaidov o‘z so‘zida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati haqida va Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan e’tibori, ularga yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida gapirdi. Ularni kelajakda ilm-fanning yuqori cho‘qqilarini egallab, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga chaqirdi. O‘quvchilarga kelajakda davlatimiz ravnaqi uchun faol xizmat qiladigan, yetuk mutaxasisslar bo‘lib yetishishlari uchun o‘quvchilar o‘qitilayotgan fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, tinimsiz mehnat qilishi va har doim oldinga intilishi kerakligi haqida gapirildi.
Shu bilan birga M.Mirsaidov kelajakda yoshlarimiz yaxshi natijalarga erishish uchun tinmasdan mehnat qilib, yaxshi o‘qishlari va har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lishi uchun esa chet tillarini yaxshi bilishi va ko‘p kitoblarni o‘qishga harakat qilishlari kerak deb ta’kidladi. O‘quvchilar tomonidan M.Mirsaidovga bir qancha savollar berildi.
O‘quvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga M.Mirsaidov va B.Hasanovlar to‘la javob berishga harakat qilib, qatnashuvchilarning kayfiyatini ko‘tarishga erishdi.
Uchrashuv qiziqarli tarzda, yuqori saviyada o‘tdi, bo‘lgan uchrashuvni o‘quvchilar ko‘tarinki ruh va katta ishonch bilan qabul qilishdi. Uchrashuv qatnashchilari Prezidentimizga yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Esdalik uchun uchrashuvda qatnashgan maktabning barcha iqtidorli o‘quvchilari va fidoyi o‘qituvchilari bilan rasmga tushildi.